Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Vazirlar Maxkamasi tomonidan 04.10.2024 yilda “Rahbar kadrlarni baholash markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi 629-son qarori qabul qilindi


Vazirlar Maxkamasi tomonidan 04.10.2024 yilda “Rahbar kadrlarni baholash markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi 629-son qarori qabul qilindi

 

Qarorga ko‘ra, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi muassisligida Rahbar kadrlarni baholash markazi tashkil etiladi.

Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilandi:

-ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar asosida davlat fuqarolik xizmatchilari uchun bazaviy, alohida lavozim yoki lavozimlar guruhi uchun kompetensiyalar modeli hamda indikatorlarini ishlab chiqish;

-davlat fuqarolik xizmatchilarini shaxsiy-professional diagnostika qilish, kompetensiyalar modeli asosida kompleks baholash;

-kompetensiyalarni baholash jarayonida foydalanish uchun doimiy ravishda yangi uslublarni ishlab chiqish, o‘zlashtirish va joriy qilish;

-kompetensiyalarni baholash natijalari asosida rahbar kadrlar uchun shaxsiy-professional rivojlanish traektoriyasini ishlab chiqish va zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda amalga oshirish;

-rahbarlik lavozimiga nomzodlarni umumiy kasbiy bilimi, qadriyatlari va aqliy salohiyatini aniqlash bo‘yicha test sinovlarini hamda psixologik so‘rovnomalar o‘tkazish;

-rahbar kadrlar faoliyati samaradorligini baholash va monitoring qilish, kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni prognoz qilish, ularni saralab olish va joy-joyiga qo‘yish jarayonlariga raqamli texnologiyalarini va zamonaviy usullarni keng joriy etish;

-faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ekspert-tahliliy faoliyat, ilmiy tadqiqot va izlanishlarni olib borish.

 

 

         Nurafshon shahar adliya

bo‘limi bosh maslahatchisi                                                     S.Nuraliyev