Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Ayolni bola tarbiyalash ta’tiliga chiqishi uning mutlaq huquqi hisoblanadi.


Ayolni bola tarbiyalash ta’tiliga chiqishi uning mutlaq huquqi hisoblanadi.

 

Ish beruvchilar tomonidan ayollarni bola tarbiyalash ta’tiliga chiqishida yoki uni bola tarbiyalashdan qaytarishda qonunchilik bizilishiga doir ko‘plab xatoliklar qilinadi. Aslida bola tarbiyalash huquqi ayolning mutlaq huquqi hisoblanadi.

Mehnat kodeksining 405-moddasiga asosan   homiladorlik va tug‘ish ta’tili tugaganidan keyin, ayolning xohishiga ko‘ra, unga bolasi ikki yoshga to‘lguniga qadar bolani parvarishlash ta’tili berilib, bu davr uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda nafaqa to‘lanadi.

Ayolga uning xohishiga ko‘ra, bolasi uch yoshga to‘lguniga qadar uni parvarishlash uchun ish haqi saqlanmagan holda qo‘shimcha ta’til ham beriladi.

Bolani parvarishlash ta’tillari davrida xodimning ish joyi (lavozimi) saqlanadi. Bu ta’tillarning ko‘pi bilan olti yili mehnat stajiga qo‘shiladi, shu jumladan mutaxassisligi bo‘yicha ish stajiga ham qo‘shib hisoblanadi.

Xodim dekret ta’tilidan ishga qaytib bir muncha muddat ishlagan bo‘lsa ham o‘z xohishiga ko‘ra ariza yozib bolani parvarishlash ta’tiliga bemalol chiqsa bo‘ladi. Bu ta’til xodimning xohishiga ko‘ra beriladigan ta’til bo‘lib, xodim undan bolasi 3 yoshga to‘lguniga qadar xohlagan paytida foydalanishga haqli.

 

Chinoz tumani adliya bo‘limi

YUXKM boshlig’i                                                                      R.Galiyev

 

10.10.2024 yil