Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Pedagogning ish xaqidan mablag‘ ushlab qolish taqiqlanadi


Pedagogning ish xaqidan mablag‘ ushlab qolish taqiqlanadi

 

Qonunchilikka ko‘ra, pedagogning zimmasiga tovar va xizmatlarni sotib olish majburiyatini yuklash, shu jumladan ish haqidan uning yozma roziligisiz tovar va xizmatlar uchun mablag‘ ushlab qolish taqiqlanadi.

Kontrakt summasidan 12 foiz daromad solig‘ini qaytarib olish tartibi qanday?

Soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandiga ko‘ra, oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish maqsadida o‘zingiz, farzandingiz, yigirma olti yoshga to‘lmagan turmush o‘rtog‘ingiz uchun to‘laydigan daromadlaringizga soliq solinmaydi. Mazkur imtiyoz banklardan olgan ta’lim kreditlaringizni (foizlari bilan) qoplashga yo‘naltirilgan daromadlarga nisbatan ham qo‘llaniladi.

Bu imtiyozdan onlayn – my3.soliq.uz sayti yoki Soliq mobil ilovasi, qolaversa o‘z hududingizdagi soliq organlari orqali foydalanishingiz mumkin.

 

Chinoz tumani adliya bo‘limi

YUXKM boshlig’i                                                                             R.Galiyev

 

10.10.2024 yil