Янгиликлар
Alimentga to‘langan pul soliqdan ozod qilinmagan
Alimentga to‘langan pul soliqdan ozod qilinmagan
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2009-yil 8-iyuldagi 157-son buyrug‘iga ILOVA “Qarzdor jismoniy shaxsga ish haqi yoki unga tenglashtirilgan boshqa to‘lovlarni to‘layotgan tashkilotlar yoki boshqa shaxslar tomonidan ijro hujjatlarini ijro etish” qoidalarining 9-bandiga ko‘ra, qarzdorning ish haqidan ushlab qolinadigan miqdor soliqlar ushlab qolinganidan so‘ng qolgan summadan hisoblab chiqariladi.
Qoidalarning 10-bandiga ko‘ra, agar ijro hujjatida ish haqidan undirish miqdori ko‘rsatilmagan bo‘lsa, sud ijrochisi har bir alohida holatda undiruv miqdorini belgilashga haqli.
Chinoz tumani adliya bo‘limi
YUXKM boshlig’i R.Galiyev
10.10.2024 yil