Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Mehnat shartnomasini xodimning arizasiga ko‘ra bo‘shatgan to‘g‘rimi yoki bir marta qo‘pol tarzda buzgani uchun MK 161-modda bilan bo‘shatgan.


Mehnat shartnomasini xodimning arizasiga ko‘ra bo‘shatgan to‘g‘rimi yoki bir marta qo‘pol tarzda buzgani uchun MK 161-modda bilan bo‘shatgan.

Amaliyotda bunday holatlarga qo‘p duch kelamiz xodim mehnat intizomini bir marta qo‘pol tarzda buzgan va buni anglagan holda o‘zining ishdan bo‘shash arizasini ham yozgan. Mazkur vaziyatda ish beruvchida xodimni qaysi asos bilan ishdan bo‘shatgan afzal degan ikkilanish paydo bo‘ladi.

Qaysi modda bilan ishdan bo‘shatgan to‘g‘ri bo‘ladi?

Mehnat kodeksining 160-moddasi   xodimning tashabbusiga ko‘ra mehnat shartnomasini bekor qilishni tartibga soladi. Mazkur moddaning 4-qismini   qo‘llagan holda yoki MKning 157-moddasi   taraflarning kelishuviga ko‘ra mehnat shartnomasini bekor qilish mumkin. Endi holatga bevosita to‘xtaladigan bo‘lsak, masalan xodim ariza yozdi agar ish beruvchi rozi bo‘lsa MKning 160-moddasi   4 qismini qo‘llagan halda o‘sha kunning o‘zida mehnat shartnomasini bekor qilishi mumkin.

Biroq ish beruvchi buni xohlamasa, xodimning 161-modda   mehnat intizomini bir marta qo‘pol tarzda buzish bilan mehnat shartnomasini bekor qilishni istasa, 14 kunlik muddat o‘tishi jarayonida mehnat shartnomasini MK 161-modda   bilan bekor qilishi mumkin. Bunda shuni e’tiborga olish kerakki, ish beruvchi shu 14 kun ichida kasaba uyushmasining roziligini olishi kerak. Biroq ish beruvchi 14 kun ichida mehnat shartnomasini bekor qila olmasa, xodimning tashabbusiga ko‘ra mehnat shartnomasini bekor qilishga majbur bo‘ladi chunki 14 kunlik ogohlantirish muddati o‘tgan bo‘ladi.

 

Chinoz tumani adliya bo‘limi

YUXKM boshlig’i                                                                             R.Galiyev

10.10.2024 yil