Янгиликлар
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 14.10.2024 yilda “Startap loyihalar va venchur moliyalashtirish ekotizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-357-son qaror qabul qilindi

Qarorga ko‘ra, raqamli texnologiyalar sohasidagi startap loyihalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Raqamli startaplar dasturi amalga oshiriladi.
Dasturda quyidagi rezident yuridik shaxslar ishtirok etishi mumkin:
Quyidagi talablarga mos keluvchi startap loyihalar:
-faoliyat davomiyligi – 6 oydan 7 yilgacha;
-kalendar yilida jami daromadi – 10 milliard so‘mdan oshmagan;
-inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturini muvaffaqiyatli yakunlaganligini tasdiqlovchi hujjatga ega;
-raqamli texnologiyalarga asoslangan, yuqori o‘sish va xorijiy bozorlarga chiqish salohiyati bo‘lgan biznes modelga ega;
-startap loyihalar ekotizimi platformasida ro‘yxatdan o‘tgan;
-startap ekotizimi ishtirokchilari – venchur jamg‘armalar va xususiy investorlar hamda startap loyihalar uchun akseleratsiya va inkubatsiya dasturlarini tashkillashtirish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlar.
Nurafshon shahar adliya
bo‘limi boshlig‘i G.Roxmonkulov