Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi dastlabki sinov natijasi qoniqarsiz bo‘lgani bilan bekor qilinganda kasaba uyushmasi rozilik olish shart emas.


Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi dastlabki sinov natijasi qoniqarsiz bo‘lgani bilan bekor qilinganda kasaba uyushmasi rozilik olish shart emas.

O‘tgan kun ayni shu masala yuzasidan bir ish beruvchi bilan suhbatda ayni shu masala ko‘tarildi. Mazkur ish beruvchi xodimning dastlabki sinov natijasi qoniqarsiz bo‘lgani munosabati bilan Mehnat kodeksining 161-moddasi   bilan mehnat shartnomasini bekor qilgan, ammo jamoat shartnomasida ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, kasaba uyushmasining roziligini olmagan, natijada xodim sudga ishga tiklashni so‘rab da’vo ariza bilan murojaat qilgan.

E’tibor qaratadigan bo‘lsak, Mehnat kodeksida dastlabki sinov muddatining qoniqarsiz bo‘lgani bilan mehnat shartnomasini bekor qilishni tartibga soluvchi 132-modda   mavjud. Ya’ni ish beruvchi bunday vaziyatdagi xodim bilan mehnat shartnomasini MKning 161-moddasi   bilan emas balki, MKning 132-moddasi   bilan bekor qiladi. Chunki MKning 132-moddasi   mehnat shartnomasini bekor qilishning alohida asosi hisoblanadi. Unga ko‘ra, dastlabki sinov muddati tugaguniga qadar taraflarning har biri ikkinchi tarafni kamida uch kun oldin yozma shaklda ogohlantirgan holda mehnat shartnomasini bekor qilishga haqli. Ish beruvchi xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini sinov natijasi qoniqarsiz bo‘lganda, xodimni sinovdan o‘tmagan deb e’tirof etish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan sabablarni ko‘rsatgan holda o‘z tashabbusiga ko‘ra, dastlabki sinov davrida bekor qilishga haqli.  

Ko‘pchilik chalg‘ishi mumkin Mehnat kodeksining 164-moddasida   kasaba uyushmasining roziligi olinishi kerak deb yozilgan deb. Biroq bu qoida MKning 161-moddasiga   tegishli Mkning 132-moddasiga   emas.