Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

25.10.2024 yilda “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-982-son Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi


25.10.2024 yilda “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-982-son Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi

 

Unga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi – ijro etuvchi hokimiyatning oliy organi bo‘lib, iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohalarning samarali faoliyat ko‘rsatishiga rahbarlik qilishni, Konstitutsiya va qonunlar, Oliy Majlis palatalari qarorlari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi.

Vazirlar Mahkamasi O‘zbekistonda ijro etuvchi hokimiyatning yagona tizimiga rahbarlik qiladigan kollegial organdir.

Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatida Oliy Majlis va Prezident oldida javobgardir.

Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining yaxlit tizimiga vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalar kiradi.

Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Hukumatining a’zolari – Bosh vazir, uning o‘rinbosarlari va vazirlardan iboratdir. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining boshlig‘i Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o‘z lavozimi bo‘yicha kiradi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

 

 

Nurafshon shahar adliya

bo‘limi bosh maslahatchisi                                                     S.Nuraliyev