Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

YPX xodimi haydovchini transport kabinasidan tushishini talab qilishi mumkinmi?


YPX xodimi haydovchini transport kabinasidan tushishini talab qilishi mumkinmi?

Ha, mumkin. YPX xodimi haydovchi yoki yo‘lovchilarni quyidagi holatlarda transport kabinasidan chiqishini talab qilishi mumkin:

transport nosozligini va yuk tashish qoidasi buzilganligini bartaraf yetish uchun;

haydovchi transportni mast holda boshqarayotganda;

transportning dvigatel va agregat qismlari raqamlarini ro‘yxatlash hujjatlarida yozilgan raqamlar bilan farq aniqlanganda;

transportga tegishli hujjatlar yoki yuk hujjatlari mavjudligini tekshirishda;

haydovchi yoki yo‘lovchi jinoyat sodir yetganlikda gumon qilinayotganda;

haydovchining transport kabinasida bo‘lishi yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga tahdid solishi mumkin bo‘lganda (haydovchining ruhiy holatiga, yoshiga, sezgirlik va ye’tiborni susaytiradigan dori vositalari ta’sirida, yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soladigan darajadagi charchoqlik va betoblik holatida, transportni boshqara olishiga shubha bo‘lganda).

Jismoniy nuqsoni sababli haydovchi transport kabinasidan chiqa olmasa, YPX xodimi uni kabinadan tushishini talab qilishi mumkin yemas.

Chinoz tumani adliya bo‘limi

YUXKM boshlig’i                                                                             R.Galiyev

10.10.2024 yil