Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Mehnat ta’tiliga qismlarga bo’lib chiqish mumkinmi?



Mehnat ta’tiliga qismlarga bo’lib chiqish mumkinmi?


 


Mehnat kodeksining 231-moddasiga ko’ra xodim va ish beruvchi o’rtasidagi kelishuvga ko’ra har yilgi mehnat ta’tili qismlarga bo’linishi mumkin. Bunda ushbu ta’tilning hyech bo’lmaganda bir qismi o’n to’rt kalendar kundan kam bo’lmasligi kerak.

Shu sababli ish beruvchi xodimga asosiy va qo’shimcha ta’tillarni qismlarga bo’lib berishga majbur emas, chunki Mehnat kodeksining 231-moddasida mehnat ta’tili kelishuvga ko’ra qismlarga bo’lish mumkinligi belgilangan, ya’ni bu ish beruvchining huquqi hisoblanadi, majburiyati emas.

Agar ish beruvchi xodimga har yilgi ta’tilini qismlarga bo’lib berishga rozi bo’lsa, mehnat ta’tili qismlarining hyech bo’lmaganda bir qismi, ya’ni qaysi qismi bo’lishidan qat’iy nazar (birinchi, ikkinchi yoki uchinchi qismi) o’n to’rt kalendar kundan kam bo’lmasligi kerak.


 

Chinoz tumani adliya bo‘limi

YUXKM boshlig’i                                                                             R.Galiyev

10.10.2024 yil