Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Piyodalar yo‘lagidan o‘tayotganda nimalarni qilish mumkin yemas


Piyodalar yo‘lagidan o‘tayotganda nimalarni qilish mumkin yemas


O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeks 138-moddasiga binoan, quyidagi harakatlarni bajarganlik uchun javobgarlik belgilangan:
— piyodalarning yo‘l harakatini tartibga soluvchi signallarga bo‘ysunmaslik; — yo‘lning harakat qismini belgilanmagan joylardan kesib o‘tish;
— piyodalar yo‘lning qatnov qismida telefondan foydalanishi;
— kitoblarni yoki davriy nashrlarni o‘qishi, videomateriallarni tomosha qilish;

— audiomateriallarni yeshitish;

— ye’tiborni chalg‘itadigan boshqa yelektron vositalardan foydalanish;
— moped va velosiped haydovchilarining, ulovli aravani boshqarib boruvchi va yo‘ldan foydalanuvchi boshqa shaxslarning yo‘l harakatini tartibga soluvchi signallarga bo‘ysunmaslik,
— ustunlik beruvchi, taqiqlovchi yoki ko‘rsatma beruvchi yo‘l belgilari talablariga rioya yetmaslik.

Shuningdek, haydovchilarga har xil xizmat ko‘rsatish maqsadida yo‘lning qatnov qismida fuqarolarning turishi, yo‘llarga ajratilgan mintaqa tegrasida mol boqish — bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarning yo‘l harakati qoidalarini buzishi avariya holatini vujudga keltirsa, — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.


 

Chinoz tumani adliya bo‘limi

YUXKM boshlig’i                                                                             R.Galiyev

10.10.2024 yil