Янгиликлар
Ish beruvchi xodimga qanday hollarda kompensasiya to‘laydi?
Ish beruvchi xodimga qanday hollarda kompensasiya to‘laydi?
Qonunchilikka ko‘ra, ish beruvchi quyidagi hollarda xodimga uning o‘z mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq xarajatlarni kompensasiya qilishi shart:
➖xizmat safarlarida bo‘lganda;
➖sayyor va ko‘chib yurish xususiyatiga yega ishlarda, shuningdek dala sharoitlarida yoki vaxta usulida ishlaganda;
➖ish beruvchi bilan oldindan kelishuvga ko‘ra boshqa joydagi ishga ko‘chib o‘tganda;
➖ish beruvchining yo‘llanmasi bilan kasbiy tayyorgarlikdan, qayta tayyorlash, malaka oshirish va stajirovkadan o‘tganda;
➖ishlab chiqarishdagi baxsiz hodisa yoki kasb kasalligi natijasida xodim vaqtincha mehnatga layoqatsiz bo‘lib qolganda;
➖xodim majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi munosabati bilan;
➖xodim foydalanmagan yillik mehnat ta’tili uchun;
➖ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida xodimni ogohlantirish muddati mutanosib pul kompensasiyasi bilan almashtirilishi munosabati bilan.
Chinoz tumani adliya bo‘limi
YUXKM boshlig’i R.Galiyev
10.10.2024 yil