Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lib, boshqa davlat hududida doimiy yashayotgan bolani O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan farzandlikka olish


Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lib, boshqa davlat hududida doimiy yashayotgan bolani O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan farzandlikka olish

Ma’lumki, davlat o‘zining fuqarosi bo‘lgan voyaga yetmagan bolani farzandlikka olishda muayyan tartib qoidalarni belgilaydi, shuningdek ayrim toifadagi shaxslarga imtiyozli huquq beradi. Aynan shunday holatlar hisobga olingan holda qonunchilikda yuqoridagi norma qo‘llanadi. Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lgan xorijiy davlat hududida yashayotgan bola:

-         farzandlikka olinayotgan bola yetim;

-         bola O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining qarindoshi bo‘lishi;

-         bolani o‘zi yashayotgan davlatda ma’lum sabablarga ko‘ra farzand-likka olish mumkin bo‘lmagan holatlardagina O‘zbekiston fuqarosi tomonidan farzandlikka olishga yo‘l qo‘yiladi.

Shu bilan birga, bu bolani o‘zi yashayotgan davlatda ma’lum bir sabablarga ko‘ra farzandlikka olish mumkin bo‘lmasligi lozim. Masalan, uni farzandlikka olmoqchi bo‘lgan shaxslarga farzandlikka olishda muayyan cheklovlar qo‘yilgan bo‘lsa va bu bolani farzandlikka olish niyatidagi boshqa shaxslar bo‘lmasligi holatlarini keltirishimiz mumkin.

Shu holatga e’tibor qaratilishi lozimki, boshqa davlatning fuqarosi bo‘lgan bolani farzandlikka olish xalqaro xususiy huquqda belgilangan tartibga rioya qilgan holda bola doimiy yashayotgan davlatning farzandlikka olishga doir qonun hujjatlarida belgilangan tartibga rioya qilingan holda amalga oshiriladi.

 

Chinoz tumani adliya bo‘limi

YUXKM boshlig’i                                                                             R.Galiyev

10.10.2024 yil