Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Intellektual mulk obʻyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi yanada takomillashtiriladi


Intellektual mulk obʻyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi yanada takomillashtiriladi

 

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-959-son, 10.09.2024-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi Unga koʻra, intellektual mulk obʻyektlaridan qonunga xilof ravishda foydalanganlik uchun huquq egasining talabiga koʻra huquqbuzar tomonidan tovon toʻlash tartib-taomili joriy etilishini nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilmoqda. Jumladan, “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra: Patent egasi oʻzining mutlaq huquqini buzgan holda sanoat mulki obʻyektidan foydalanayotgan shaxsdan zararlarning qoplanishi oʻrniga BHMning 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon toʻlashini talab qilishi mumkin. Bunda tovon zararlar yetkazilishi faktidan qatʻi nazar, huquqbuzarlikning xususiyatidan va patent egasining mutlaq huquqini buzgan holda sanoat mulki obʻyektidan foydalanayotgan shaxsning aybi darajasidan kelib chiqib, ish muomalasi odatlari hisobga olingan holda toʻlanadi. Tovon miqdori taraflarning kelishuviga muvofiq yoki sud tomonidan belgilanadi. Ilgari bunday normalar mavjud emas edi. Qonun rasmiy eʻlon qilingan kundan eʻtiboran 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.

 

 

 

 

Oʻrta Chirchiq tumani yuridik xizmat koʻrsatish markazi boshligʻI   Mirzayev Alisher Akromovich