Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Shaharsozlik hujjatlarini tayyorlash tizimi takomillashtiriladi


Shaharsozlik hujjatlarini tayyorlash tizimi takomillashtiriladi

 

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-960-son, 10.09.2024-y.) bilan Shaharsozlik kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi Unga koʻra, Shaharsozlik kodeksiga Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining nomini va vakolatlarini aniqlashtirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda. Shuningdek, Oʻzbekiston hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh tarhini hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish tarhlarini ishlab chiqish yoʻli bilan aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini tayyorlash tizimi takomillashtirilmoqda. Qonun rasmiy eʻlon qilingan kundan eʻtiboran kuchga kiradi.

 

 

 

 

 

Oʻrta Chirchiq tumani yuridik xizmat koʻrsatish markazi boshligʻI   Mirzayev Alisher Akromovich