Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

TEXNIK JIHATDAN TARTIBGA SOLISH SOHASIDAGI NAZORAT INSPEKSIYASI NAZORAT TADBIRLARINI QANDAY OʻTKAZADI.


 

TEXNIK JIHATDAN TARTIBGA SOLISH SOHASIDAGI NAZORAT INSPEKSIYASI NAZORAT TADBIRLARINI QANDAY OʻTKAZADI.

 

Vazirlar Mahkamasining 01.07.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agent

Hujjat bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlanmoqda. Nizomda:

 

Agentlikning maqsad va vazifalari, huquq va majburiyatlari;

Agentlik rahbariyatining asosiy majburiyatlari va javobgarligi;

Agentlik markaziy apparatining tizimdagi tashkilotlar va boshqa organlar va tashkilotlari bilan hamkorligi;

Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini

baholash mezonlari;

Xodimlari moddiy ragʻbatlantirish tartibi;

Agentlikni Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi oldida hisobot berish tartibi belgilangan.

Shuningdek Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Texnik jixatdan tartibga solish sohasidagi nazorat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlanmoqda. Nizomda jumladan quyidagilar aks ettirilgan:

 

Respublikaga olib kirilayotgan mahsulotlarning sifatini baholash boʻyicha “xavf-tahlil” tizimi;

muvofiqlik sertifikatini va sertifikatsiyalashtirish organing faoliyatini toʻxtatib turish va bekor kilish mezonlari va tartibi sxemalari;

chakana savdo obʻyektlarida mahsulotlarning nazorat xaridini tashkil etish va ularni sinovdan oʻtkazish tartibi sxemasi.

Mahsulotlarning nazorat xaridi ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari va davlat nazorati natijalari boʻyicha amalga oshiriladi. Zarur hollarda, nazorat xaridini amalga oshirish uchun Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi hamda monopoliyaga qarshi kurashish organi vakillari jalb qilinadi.

 

Nazorat xaridi oʻtkazishdan bir kun oldin tegishli maʻlumot rasmiy veb-saytda joylashtiriladi.

 

Buyruq asosida nazorat xaridini oʻtkazish uchun kerakli mablagʻlar ajratilib, joyiga chiqqan kassa (tovar) chekini olgan holda mahsulotning xaridi amalga oshiriladi (zarur hollarda foto va videovositalardan foydalaniladi).

 

Xarid qilingan tovar texnik tartibga solish sohasidagi talablar boʻyicha sinovdan oʻtkaziladi.

 

Nomuvofiq mahsulot aniqlanganda, mahsulotni savdodan chiqarish boʻyicha taqdimnoma kiritiladi.Ishlab chiqaruvchi, sotuvchi yoki import qiluvchi subʻyektlarda davlat nazorati oʻtkazilib, kamchiliklarga yoʻl qoʻygan shaxslarga nisbatan choralar koʻriladi.

 

Oʻrta Chirchiq tumani yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti A.Ibragimov