Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

MARKAZIY BANK TOʻLOV TIZIMI OPERATORLARI VA TOʻLOV TASHKILOTLARI FAOLIYATINI LITSENZIYALASH TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISH KIRITDI.


MARKAZIY BANK TOʻLOV TIZIMI OPERATORLARI VA TOʻLOV TASHKILOTLARI FAOLIYATINI LITSENZIYALASH TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISH KIRITDI.

 

Markaziy bank boshqaruvining “Toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi (04.07.2024-y. AVdagi roʻyxat raqami 3431-1).

 

Xalqaro moliya institutlari, chet el toʻlov tizimi operatorlari, toʻlov tashkilotlari va boshqa kredit tashkilotlari hisoblanmaydigan norezident yuridik shaxslar hamda norezident jismoniy shaxslarning toʻlov tizimi operatori va toʻlov tashkiloti ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) jami ulushi 50%dan oshmasligi kerak.

 

Boshqa kredit tashkilotlari deganda quyidagilar tushuniladi:

 

moliyaviy faoliyat turlarini amalga oshiruvchi kompaniyalarni boshqarish maqsadida tashkil etilgan xolding kompaniyasi (boshqaruv kompaniyasi);

vakolatli davlat organining litsenziyasi (ruxsatnomasi) asosida moliyaviy faoliyat turlaridan birini amalga oshiruvchi va joylashgan davlatida konsolidatsiyalashgan nazorat mavjud boʻlgan yuridik shaxslar.

Nizomda moliyaviy faoliyat turlari belgilanmoqda:

 

bank faoliyati;

mikromoliyalashtirish faoliyati;

sugʻurta faoliyati;

lizing faoliyati

ipotekani qayta moliyalashtirish faoliyati.

Xalqaro moliya institutlari, chet el toʻlov tizimi operatorlari, toʻlov tashkilotlari va boshqa kredit tashkilotlari hisoblanuvchi norezident yuridik shaxslar toʻlov tizimi operatori yoki toʻlov tashkilotining 50%dan ortiq ulushiga ega boʻlishi uchun ushbu tashkilotlarning ustav fondi (ustav kapitali) 20 mln yevro ekvivalentidan kam boʻlmasligi kerak. Ilgari ustav kapitali miqdori boʻyicha bunday talab ulushning miqdoridan qatʻi nazar oʻrnatilgan edi.

 

Oʻrta Chirchiq tumani yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti A.Ibragimov