Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

YOʻLLAR TOIFALARGA AJRATILDI.


YOʻLLAR TOIFALARGA AJRATILDI.

 

Vazirlar Mahkamasining 04.07.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 383-son qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning 10.10.2023-yildagi PQ-330-son qarori bilan tasdiqlangan yoʻl xoʻjaligi tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni amalga oshirish doirasida shahar va boshqa aholi punktlari hududlarining oʻzgarishini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari roʻyxatini qaytadan ishlab chiqish va tasdiqlashga qaror qilindi.

 

Hujjat bilan Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil yoʻllarining quyidagi Roʻyxatlari tasdiqlandi:

 

xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yoʻllari roʻyxati (11 nomdagi umumiy uzunligi 3 833 km);

davlat ahamiyatiga ega avtomobil yoʻllari roʻyxati (240 nomdagi umumiy uzunligi 14 316 km);

mahalliy ahamiyatga ega avtomobil yoʻllari roʻyxati (1 818 nomdagi umumiy uzunligi 24 222 km).

Mazkur roʻyxatlar 2025-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.

 

Transport vazirligiga bir oy muddatda umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarida joylashgan koʻprik inshootlari roʻyxatini tasdiqlash topshirildi.

 

Oʻrta Chirchiq tumani yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti       A.Ibragimov