Янгиликлар
BOJXONA KIRIM ORDERINING YANGI SHAKLI TASDIQLANDI
BOJXONA KIRIM ORDERINING YANGI SHAKLI TASDIQLANDI
Iqtisodiyot va moliya vaziring “Bojxona kirim orderining shakli va uni toʻldirish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi qabul qilindi (04.07.2024-y. AV dagi roʻyxat raqami 3525).
Order quyidagi hollarda toʻldiriladi:
notijorat maqsadlar uchun jismoniy shaxslar tomonidan qoʻl yukida yoki kuzatib borilayotgan bagajida olib oʻtilayotgan tovarlarning, shuningdek xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuborilayotgan shunday tovarlarning qiymati va (yoki) miqdori qonunchilik hujjatlarida belgilangan tovarlarni olib kirishning bojxona toʻlovlari undirilmaydigan cheklangan meʻyoridan oshganda, ortiqcha qismiga bojxona toʻlovi undirilishida;
tovarlar jismoniy shaxsning manziliga kelib tushganda (xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari bundan mustasno) bojxona toʻlovlari olib kirilayotgan tovarlarning butun summasidan, tovarlarni olib kirishning bojxona toʻlovlari undirilmaydigan cheklangan meʻyori qoʻllanilmagan holda undirilishida;
yuridik shaxslarning manziliga xalqaro pochta va xalqaro kuryerlik joʻnatmalarida yuboriladigan, qiymati bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravarigacha boʻlgan miqdordagi tovarlar uchun bojxona toʻlovlari undirilishida;
Bojxona kodeksinig 260-moddasi “g” kichik bandida nazarda tutilgan hollarda bojxona toʻlovlari undirilishida;
mobil qurilmalar belgilangan meʻyordan ortiq miqdorda olib kirilgan holatlarda yoki ularning bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtganligi toʻgʻrisida hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda, mobil qurilmalarni roʻyxatga olish tizimi tomonidan taqdim etilgan maʻlumotlarga asosan bojxona toʻlovlari undirilishida;
qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan bojxona yigʻimlari va boshqa yigʻimlarning undirilishida.
Oʻrta Chirchiq tumani yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti A.Ibragimov