Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

AVTOJARIMALAR USTIDAN YAIDXP ORQALI SHIKOYAT KIRITISH MUMKIN


 

AVTOJARIMALAR USTIDAN YAIDXP ORQALI SHIKOYAT KIRITISH MUMKIN

 

Vazirlar Mahkamasining 03.07.2024-yildagi “Yoʻl harakati qoidalari buzilishiga doir chiqarilgan qaror va yuborilgan xabarnomalar yuzasidan Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatiga elektron murojaat qilishning maʻmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 382-son qaror qabul qilindi.

2024-yil 1-sentyabrdan boshlab yoʻl harakati qoidalari buzilishiga doir chiqarilgan qaror va yuborilgan xabarnomalar yuzasidan Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatiga YaIDXP orqali elektron murojaat qilish imkoniyati yaratiladi.

Maʻmuriy reglamentga muvofiq:

arizachi murojaatni YaIDXP orqali yuboradi;

murojaatga dalillarni ilova qilish mumkin boʻladi;

murojaatni koʻrib chiqish davrida jarima solish toʻgʻrisidagi qaror uchun belgilangan chegirma muddati toʻxtatib turilmaydi;

umumiy asoslarga koʻra murojaat 5 kun ichida koʻrib chiqiladi. Qoʻshimcha oʻrganish talab etilgan hollarda murojaat 10 kun ichida koʻriladi;

murojaatga javob YaIDXP orqali yuboriladi;

javob xati yuborilgandan soʻng shu mazmundagi takroriy murojaat qayta koʻrib chiqilmaydi.

 

Oʻrta Chirchiq tumani yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti       A.Ibragimov