Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

DAVLAT OLIY TAʻLIM MUASSASALARIGA OʻQISHGA QABUL QILISH BOʻYICHA DAVLAT BUYURTMASI PARAMETRLARI TASDIQLANDI


DAVLAT OLIY TAʻLIM MUASSASALARIGA OʻQISHGA QABUL QILISH BOʻYICHA DAVLAT BUYURTMASI PARAMETRLARI TASDIQLANDI

 

Prezidentning 19.07.2024-yildagi F-36-son farmoyishi bilan 2024/2025 oʻquv yili uchun davlat oliy taʻlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi.

 

Prezidentning 24.05.2024-yildagi "Oliy taʻlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi PF-81-son Farmoniga muvofiq bakalavriat taʻlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha kunduzgi taʻlim shaklida davlat buyurtmasi parametrlarini tasdiqlash tartibi joriy etildi.

 

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab davlat oliy taʻlim muassasalariga qabul imtihonlari "avval test, keyin tanlov" tamoyili asosida oʻtkaziladi.

 

2024/2025 oʻquv yili uchun davlat oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi:

 

● kunduzgi taʻlim shaklida bakalavrlar tayyorlash - 34 838 kishi;

 

● magistrlar tayyorlash - 9 365 kishi.

 

Davlat komissiyasiga bir hafta muddatda 2024/2025 oʻquv yili uchun quyidagilarni tasdiqlash topshirildi:

 

a) bakalavriat taʻlim yoʻnalishlariga qabul qilish boʻyicha:

 

● oliy taʻlim muassasalari, taʻlim shakllari va tillari kesimida umumiy qabul parametrlari;

 

● imtiyozlarga ega abituriyentlar uchun qoʻshimcha qabul parametrlari;

 

● tegishli bakalavriat taʻlim yoʻnalishi boʻyicha oʻtgan oʻquv yilidagi oʻrtacha oʻtish ballini hisobga olgan holda davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilishning minimal oʻtish balli;

 

● hududlar, sohalar va tarmoqlarning buyurtmalariga muvofiq kadrlarga boʻlgan ehtiyojini taʻminlash uchun davlat granti asosidagi umumiy qabul parametrlari doirasida maqsadli qabul kvotalari va ushbu kvotalarning tumanlar (shaharlar) kesimida taqsimlanishi;

 

● taʻlim sohalari (bakalavriat taʻlim yoʻnalishlari) kesimida har bir taʻlim yoʻnalishi boʻyicha umumiy qabul parametrlarida davlat granti kvotasining ulushi;

 

b) oliy taʻlim muassasalari va taʻlim tillari kesimida davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida boʻlingan holda magistratura mutaxassisliklariga qabul parametrlari.

 

Davlat oliy taʻlim muassasalariga kirish chogʻida toʻplangan ballarga qoʻshimcha ball shaklidagi imtiyozga ega boʻlgan, 2024/2025 oʻquv yili uchun tanlangan taʻlim yoʻnalishi boʻyicha maʻlum oʻtish ballini va undan yuqori ball toʻplagan abituriyentlar toʻplangan ballarga muvofiq ravishda qoʻshimcha kvota doirasida davlat granti yoki toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi.

 

 

Oʻrta Chirchiq tumani yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti   A.Ibragimov