Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

SANOAT ZONALARI OBʻYEKTLARI QANDAY XUSUSIYLASHTIRILADI


SANOAT ZONALARI OBʻYEKTLARI QANDAY XUSUSIYLASHTIRILADI

 

 

Vazirlar Mahkamasining 17.07.2024-yildagi "Kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari   tadbirkorlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi VMQ-432 sonli qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan quyidagi tartiblar tasdiqlandi:

● tadbirkorlik subʻyektlari tomonidan bajarilgan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish;

● kichik sanoat zonalari ishtirokchilari va yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarining yosh tadbirkorlik subʻyektlariga ajratilgan davlat koʻchmas mulk obʻyektlari va yer uchastkalarini xususiylashtirish.

 

Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga yuqorida koʻrsatilgan obʻyektlarni xususiylashtirish boʻyicha vakolatlar berildi.

 

2024-yil 1-avgustdan kichik sanoat zonalari ishtirokchilari va yosh tadbirkorlik subʻyektlarining investitsiya va ijtimoiy majburiyatlari bajarilishi natijalarini qabul qilish kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish boʻyicha yagona direksiyalar tomonidan majburiyatlarni bajarish muddati kelgan sanadan boshlab 3 oy ichida amalga oshiriladi.

 

Poytaxtda majburiyatlar bajarilishi natijalarini qabul qilish va obʻyektlarni xususiylashtirish masalalari alohida hukumat komissiyasi tomonidan hal qilinadi.

 

Kichik sanoat zonalari obʻyektlarini (ularning qismini) xususiylashtirish 5 bosqichda amalga oshiriladi:

 

● majburiyatlarni bajargandan soʻng kichik sanoat zonasi ishtirokchisi direksiyaga ariza yuboradi;

 

● direksiya 5 ish kuni ichida hujjatlar toʻplamini Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasiga yuboradi;

 

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi:

 

5 kun ichida balansda saqlovchiga obʻyektni inventarizatsiya qilish toʻgʻrisida xat yuboradi;

17 kun ichida baholash tashkilotini jalb qilgan holda obʻyektni baholaydi;

bir kun ichida kichik sanoat zonasi ishtirokchisiga obʻyektni baholangan qiymati boʻyicha sotib olish toʻgʻrisida taklif yuboradi;

ishtirokchi rozi boʻlgan taqdirda 10 kun ichida u bilan obʻyektni oldi-sotdi qilish boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuziladi;

obʻyekt qiymati toʻlangandan soʻng ishtirokchiga obʻyektga mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi beriladi.

Shunga oʻxshash tartib yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalaridagi obʻyektlarni xususiylashtirish uchun ham nazarda tutilgan.

 

Oʻrta Chirchiq tumani yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti A.Ibragimov