Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

TERMIZDA MUHANDISLIK VA AGROTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI TASHKIL ETILDI.


 

TERMIZDA MUHANDISLIK VA AGROTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI TASHKIL ETILDI.

 

Prezident 18.07.2024-yildagi "Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-265-sonli qarorni imzoladi.

Termiz muhandislik-texnologiya instituti va Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutini birlashtirish orqali Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti tashkil etildi.

 

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab Universitetda Ilgʻor muhandislik maktabi faoliyati tashkil etiladi:

 

● u yuridik shaxs maqomisiz tashkil etiladi, unda amaliyotga yoʻnaltirilgan maxsus taʻlim dasturlari boʻyicha oʻqish uchun yuqori akademik koʻrsatkichlarga ega boʻlgan talabalar tanlov asosida saralab olinadi;

 

● maktab yoʻnalishiga muvofiq sanoat hamkorlari aniqlanadi, ularning texnik va texnologik rivojlanishini taʻminlash uchun zamonaviy laboratoriyalar tashkil etiladi;

 

● maktabda sanoat hamkorlari tomonidan taqdim etiladigan muammolar majmuasiga muvofiq ilmiy tadqiqotlar va tajriba-konstruktorlik ishlari olib boriladi;

 

● sanoat hamkorlari va Innovatsion rivojlanish agentligi mablagʻlari hisobidan ilmiy va innovatsion loyihalarni birgalikda moliyalashtirish tizimi joriy etiladi;

 

● maktab faoliyati Universitetning byudjetdan tashqari mablagʻlari va boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.

 

Universitetdagi oʻquv jarayoniga xorijiy professor-oʻqituvchilar, shuningdek, soha mutaxassislarini jalb etish rejalashtirilmoqda.

 

Oʻrta Chirchiq tumani yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti    A.Ibragimov