Янгиликлар
YERLARNI TUT KOʻCHATLARINI EKISH UCHUN IKKILAMCHI IJARAGA OLISH MUMKIN
YERLARNI TUT KOʻCHATLARINI EKISH UCHUN IKKILAMCHI IJARAGA OLISH MUMKIN
Prezident 17.07.2024-yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi OʻRQ-936-sonli Qonunni imzoladi.
Endi kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi, dala chetlaridagi kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi, bogʻ va uzumzorlar oraligʻidagi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni 10 yilgacha muddatga ikkilamchi ijaraga berishga ruxsat etiladi. Bu yerlarda yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar maqbul ekinlarni ekishi yoki tut koʻchatlarini oʻtqazishi mumkin.
Shuningdek, pillachilik va tutchilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklari, agrosanoat klasterlari va boshqa yuridik shaxslarga 10 gektargacha yer maydoni ajratish ruxsat etilgan.
Bundan tashqari, Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obʻyektlari xavfsizligi va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi organlarining vakolatlari belgilanmoqda.
Endi mazkur organga MJtKning 74-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlari, 75, 76-moddalari (sunʻiy suv obʻyektlari va qishloq xoʻjaligi maqsadidagi suv resurslaridan foydalanish qismida) bilan nazarda tutilgan maʻmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.
Ishlarni koʻrib chiqish va Inspeksiya nomidan jazo choralarini qoʻllashga Inspeksiya boshligʻi va uning oʻrinbosarlari, Inspeksiya hududiy boshqarmalar boshliqlari va ularning boʻlim boshliqlari haqlidir.
Oʻrta Chirchiq tumani yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti A.Ibragimov