Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

SIYOSIY QATAGʻON QURBONLARINING XOTIRASINI ABADIYLASHTIRISH BOʻYICHA KOMISSIYA TUZILDI.


 

SIYOSIY QATAGʻON QURBONLARINING XOTIRASINI ABADIYLASHTIRISH BOʻYICHA KOMISSIYA TUZILDI.

 

Prezidentning 19.07.2024-yildagi "Siyosiy qatagʻon qurboni boʻlgan yurtdoshlarimizning hayoti va faoliyatini oʻrganish,targʻib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish toʻgʻrisida"gi PQ-270-sonli qarori qabul qilindi.

Hujjatda qayd etilishicha, 2021-2024-yillarda Oʻzbekiston Oliy sudi 1 200 dan ortiq siyosiy qatagʻon qurbonlarini oqlagan.

Tariximizning nomaʻlum sahifalarini tiklash va ilmiy nuqtayi nazardan chuqur oʻrganish, jamiyatda inson huquq va erkinliklari ustuvorligini taʻminlash maqsadida siyosiy qatagʻon qurboni boʻlgan vatandoshlarimizning hayoti va faoliyatini oʻrganish, xotirasini abadiylashtirish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi tuzilmoqda.

Respublika komissiyasining asosiy vazifalari:

● qatagʻon qurboni boʻlgan shaxslarning hayoti va faoliyatini oʻrganish, ularning ismlarini aniqlash,tarixiy xizmatlari toʻgʻrisidagi maʻlumotlarni, arxiv va muzeylar, kutubxona va fondlarda saqlanayotgan hujjatlarni toʻplash, tadqiq etish va ommalashtirish uchun ishchi guruhlarni tashkil etish;

● qatagʻon qurbonlarining avlodlari va yaqinlari, shuningdek, guvohlarning xotiralarini hujjatlashtirish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;

● Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, uning hududlardagi boʻlimlari, shuningdek Jadidlar merosi davlat muzeyini maʻlumotlar, ashyoviy dalillar va hujjatlar bilan muntazam boyitib borish;

● "Qatagʻon qurbonlari" kitobinii chop etish va Toshkent shahridagi "Shahidlar xotirasi" majmuasida qurilayotgan ramziy kitobga qatagʻon qurbonlarining nomlarini kiritish boʻyicha ishlarni davom ettirish;

● mavzuga oid ilmiy ekspeditsiyalarni, chet eldagi turli fondlar, arxivlar, muzeylar, kutubxonalar va boshqa ilmiy-maʻrifiy muassasalar, shuningdek, mutaxassislar bilan hamkorlikni tashkil etish;

● yosh avlodni   Vatan ozodligi yoʻlida jon fido qilgan buyuk ajdodlarimizning xotirasini eʻzozlash va hurmat qilishga yoʻnaltirilgan maʻnaviy-maʻrifiy ishlarni amalga oshirish, ularning jasorati va faoliyati haqidagi maʻlumotlarni ommalashtirish.

Respublika komissiyasining ishchi organi etib Mudofaa vazirligining umumiy rahbarligi ostida – Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, FA Tarix instituti, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi, Qurolli Kuchlar akademiyasi, Mudofaa va harbiy xavfsizlik muammolarini oʻrganish instituti, "Gʻalaba bogʻi" memorial majmuasi, "Shon-sharaf" davlat muzeyining masʻul shaxslari va yetakchi mutaxassislari guruhi belgilanadi.

Har yili oktyabr oyida Siyosiy qatagʻon qurbonlari xotirasi haftaligini oʻtkazish rejalashtirilgan.

 

Hujjat bilan Siyosiy qatagʻon qurboni boʻlgan vatandoshlarimizning hayoti va faoliyatini oʻrganish, xotirasini abadiylashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

 

Oʻrta Chirchiq tumani yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti             A.Ibragimov