Янгиликлар
SHAHAR MUHITIDA NOGIRONLIGI BOʻLGAN SHAXSLAR EHTIYOJLARI UCHUN SHAROITLAR YARATILADI.
SHAHAR MUHITIDA NOGIRONLIGI BOʻLGAN SHAXSLAR EHTIYOJLARI UCHUN SHAROITLAR YARATILADI.
Prezidentning 18.07.2024-yildagi "Nogironligi boʻlgan shaxslarga qulay va toʻsiqlarsiz muhit yaratish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-266-sonli qarori qabul qilindi.
Nogironligi boʻlgan shaxslarning xavfsiz va toʻsiqsiz harakatlanishi uchun 2024-yil 1-oktyabrdan boshlab rekonstruksiya qilinadigan va taʻmirlanadigan obʻyektlarning shaharsozlik hujjatlari loyihalarining texnik qismi shaharsozlik normalari va qoidalarida belgilangan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun sharoit yaratish boʻyicha talablarga muvofiqligi yuzasidan majburiy ekspertizaga yuboriladi.
Har yili "Xavfsiz yoʻl va xavfsiz piyoda" respublika jamgʻarmasi mablagʻlarining kamida 10 foizi chorrahalarda nogironligi boʻlgan shaxslar (piyodalar) uchun xavfsiz va toʻsiqsiz muhit yaratish maqsadida qurilish, taʻmirlash va jihozlash ishlariga yoʻnaltiriladi.
Toʻsiqsiz muhit yaratish boʻyicha ishlar Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya bilan kelishilgan holda har yili 1-noyabrgacha tasdiqlanadigan Chorrahalarni nogironligi boʻlgan shaxslar ehtiyojlariga moslashtirish dasturiga muvofiq amalga oshiriladi.
2025-yil 1-yanvardan boshlab koʻrsatilgan faoliyat turlariga litsenziya olish uchun Ijtimoiy inspeksiyaning xulosasi boʻlishi kerak.
2024-yil 1-oktyabrdan boshlab shahar yoʻlovchi transporti xizmatlari I guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga va ularning bir nafar kuzatuvchisiga bepul taqdim etiladi.
I guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning shaxsiy avtotransport vositalarini moslashtirish xarajatlarining 50 foizi (BHMning 30 baravarigacha miqdorda) qoplanadi.
Oʻrta Chirchiq tumani yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti A.Ibragimov