Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Baʻzi koʻchalar nogironligi boʻlgan shaxslar uchun moslashtiriladi


Baʻzi koʻchalar nogironligi boʻlgan shaxslar uchun moslashtiriladi

 

Mahalliy ijro hokimiyati organlari har yili 1-noyabrgacha keyingi yilga oʻz hududidagi kamida bitta koʻchani nogironligi boʻlgan shaxslar ehtiyojlariga moslashtirish loyihasini ishlab chiqadilar, shuningdek, uni qurish, taʻmirlash va jihozlash ishlarini amalga oshiradilar.

 

2024-yil 1-dekabrgacha koʻchalar (roʻyxat boʻyicha) shaharsozlik normalari va qoidalari talablaridan kelib chiqib, nogironligi boʻlgan shaxslarning toʻsiqsiz harakatlanishiga moslashtirilishi nazarda tutilgan.

 

Bundan tashqari, 2026-yil 1-yanvargacha respublikaning nogironligi boʻlgan shaxslar harakatlanishi uchun toʻsiqsiz muhit yaratilgan obʻyektlari bilan "Interaktiv xarita" axborot tizimi ishga tushiriladi.

 

2024-yil 1-oktyabrdan boshlab Toshkent shahri boʻyicha avtobus yoʻlovchi tashish yoʻnalishlarini joylashtirish va xalqaro avtobus yoʻlovchi tashish, 2025-yil 1-yanvardan boshlab esa – Qoraqalpogʻiston Respublikasi, shuningdek, viloyatlararo, shahar atrofi, tumanlararo (shaharlararo) qatnovlar boʻyicha avtobus yoʻlovchi tashish yoʻnalishlarini joylashtirish boʻyicha tenderlarda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun maxsus jihozlangan avtobuslarga ega boʻlgan tashabbuskorlar ishtirok eta oladilar.

 

2024-yil 1-noyabrdan ushbu talab kuchga kirgunga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlararo, shahar atrofi, tumanlararo (shaharlararo) qatnovlarda avtobus yoʻlovchi tashish xizmatlarini koʻrsatayotgan, tenderlarda gʻolib boʻlgan tadbirkorlik subʻyektlariga avtobuslarni nogironligi boʻlgan shaxslar ehtiyojlariga moslashtirish xarajatlarining 50 foizigacha, biroq BHMning 30 baravaridan oshmagan miqdorda qoplanadi.

 

Oʻrta Chirchiq tumani yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti    A.Ibragimov