Янгиликлар
Davlat organlarida fuqarolarni qabul qilish – surdotarjimon ishtirokida
Davlat organlarida fuqarolarni qabul qilish – surdotarjimon ishtirokida
2025-yil 1-yanvardan boshlab vazirliklar va idoralar, ularning tizimidagi tashkilotlar, shuningdek, davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subʻyektlar fuqarolarni qabul qilish va sayyor qabullarni oʻtkazishda surdotarjimon bilan ishlashlari shart.
Buning uchun vazirliklar va idoralarda, ularning hududiy boʻlinmalari va tizimidagi tashkilotlarda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qulay va toʻsiqsiz muhit yaratish uchun masʻul boʻlgan rahbarning bir nafar oʻrinbosari tayinlanadi.
Bundan tashqari, vazirliklar va idoralarda, ularning tizimidagi tashkilotlarda, shuningdek, davlat ishtirokidagi korxonalarda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlaydigan bir nafar xodim surdotarjima kurslarida oʻqitiladi. Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qulay va toʻsiqsiz muhit yaratish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi;
Oʻrta Chirchiq tumani yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti A.Ibragimov