Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

YOʻLOVCHI TASHISH XIZMATLARINI KOʻRSATISHDA KOʻRILGAN ZARAR QOPLANADI.


 

YOʻLOVCHI TASHISH XIZMATLARINI KOʻRSATISHDA KOʻRILGAN ZARAR QOPLANADI.

 

Vazirlar Mahkamasining 16.07.2024-yildagi "Ichki qatnovdagi poyezdlarda yoʻlovchi tashish xizmatlarini koʻrsatishda koʻrilgan zararlarni Davlat byudjeti hisobidan kompensatsiya qilish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi VMQ-425-sonli qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning 10.10.2023-yildagi   "Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-329-sonli qaroriga muvofiq 2025-yil 1-yanvardan mahalliy yoʻnalishlarda yoʻlovchilar tashish xizmatlarini koʻrsatishdan koʻrilgan zararlarni (yuqori tezlikda harakatlanadigan va tezyurar poyezdlarda yoʻlovchilarni tashish bundan mustasno) Davlat byudjeti hisobidan qoplash tartibi joriy etiladi.

 

2024-yil 1-yanvardan yuk vagonlari va konteynerlarni taqdim etish xizmatlari, yuqori tezlikdagi va tezyurar poyezdlarda yoʻlovchilar tashish tariflarini davlat tomonidan tartibga solish amaliyotidan voz kechilib, ularni bozor tamoyillari asosida tartibga solish mexanizmiga oʻtilishi qayd etilgan.

 

Hujjat bilan Ichki qatnovdagi poyezdlarda yoʻlovchi tashish xizmatlarini koʻrsatishda koʻrilgan zararni Davlat byudjeti hisobidan qoplash tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlangan. U quyidagi tartiblarni belgilaydi:

 

● tashuvchining ichki qatnovdagi poyezdlarda yoʻlovchilar tashish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishdan koʻrgan zararlarini hisoblash;

 

● ushbu zararlarni Davlat byudjeti hisobidan kompensatsiya qilishni koʻrib chiqish;

 

● kompensatsiyani toʻlash uchun zarur hujjatlarni taqdim etish.

 

2025-yil 1-dekabrgacha temir yoʻl transporti sohasida davlat tomonidan tartibga solinadigan xizmatlarga narxni aniqlash va tasdiqlash tartibi ishlab chiqiladi. Bunda xizmat koʻrsatish sifati va operatsion samaradorlikni oshirishga qaratilgan ragʻbatlantirish mexanizmlarini (bonus), shuningdek avans toʻlovlarini kiritish uslubiyatini qoʻllash joriy etiladi.

 

2026-yil 1-iyulgacha temir yoʻl transportida ichki yoʻnalishlarda qatnaydigan poyezdlar boʻyicha davlat buyurtmasi asosida yoʻlovchi tashish xizmatlarini koʻrsatish shartnomalarini (Public service agreement) tuzish va moliyalashtirish tartibi loyihasini ishlab chiqish rejalashtirilgan.

 

Bunda 2027-yildan boshlab Davlat byudjetidan kompensatsiya mablagʻlari faqat ichki yoʻnalishlarda qatnaydigan poyezdlarda yoʻlovchilar tashish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish shartnomalari asosida moliyalashtiriladi.

 

 

 

Oʻrta Chirchiq tumani yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti    A.Ibragimov