Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

SOGʻLIQNI SAQLASH VAZIRLIGIDA VAZIR MASLAHATCHISI LAVOZIMI JORIY ETILMOQDA.


SOGʻLIQNI SAQLASH VAZIRLIGIDA VAZIR MASLAHATCHISI LAVOZIMI JORIY ETILMOQDA.

 

Prezidentning 16.07.2024-yildagi "Nogironlikni belgilash tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-257-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi tashkilotlarning shtat birliklari hisobidan Sogʻliqni saqlash vazirligi markaziy apparatida oʻzgarishlar nazarda tutilgan.

 

Xususan, Vazirlik markaziy apparatida nogironligi boʻlgan shaxslarga tibbiy xizmat koʻrsatish jarayonini muvofiqlashtirish boʻyicha vazir maslahatchisi lavozimi joriy etiladi.

 

Shuningdek, 3 ta shtat birligidan iborat sektor tashkil etiladi, uning vazifalariga quyidagilar kiradi:

 

nogironlikning oldini olish boʻyicha choralar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;

nogironlikni belgilash maqsadida shaxslarni tibbiy-ijtimoiy ekspertizadan oʻtkazishga yuborish jarayonini muvofiqlashtirish;

VKK shifokorlari va oilaviy shifokorlar malakasini oshirish va faoliyatini muvofiqlashtirish;

oilaviy shifokorlar tomonidan TIEKda koʻrikdan oʻtkazish uchun tibbiy hujjatlarni yuborish jarayonini raqamlashtirish va uning tegishli axborot tizimlari bilan integratsiyalashuvi jarayonini muvofiqlashtirish;

nogironligi boʻlgan shaxslarga, shu jumladan tibbiy reabilitatsiya xizmatlarini koʻrsatish tizimini muvofiqlashtirish.

 

Oʻrta Chirchiq tumani yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti     A.Ibragimov