Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

TOSHKENTDA AMERIKA TEXNOLOGIYA UNIVERSITETI OCHILMOQDA


TOSHKENTDA AMERIKA TEXNOLOGIYA UNIVERSITETI OCHILMOQDA

 

Prezidentning 17.07.2024-yildagi "Toshkent shahrida Amerika texnologiya universitetini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-261-sonli qarori qabul qilindi.

 

Qayd etilishicha, 2023-yil sentyabrda Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi, Arizona davlat universiteti (AQSh) va "Cintana Education" kompaniyasi (AQSh) oʻrtasida Toshkent shahrida Amerika texnologiya universitetini tashkil etish toʻgʻrisida memorandum imzolangan. Uning asosiy yoʻnalishlari:

 

muhandislik, sogʻliqni saqlash, axborot texnologiyalari, arxitektura va dizayn, iqtisodiyot va moliya, xalqaro munosabatlar sohalari uchun xalqaro standartlar darajasida oliy maʻlumotli kadrlar tayyorlash;

dunyoning yetakchi universitetlarida joriy etilgan taʻlim texnologiyalari va usullari asosida ilgʻor pedagogik va zamonaviy ATdan foydalangan holda oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish;

talabalarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish, amaliy tajriba orttirish, oʻquv materiallarini samarali va chuqur oʻzlashtirish orqali bilimlarni mustahkamlashga xizmat qiladigan har tomonlama qulay taʻlim muhitini shakllantirish;

taʻlim va ilmiy-tadqiqot yoʻnalishlari boʻyicha yetakchi xorijiy oliy taʻlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan hamkorlikni mustahkamlash va boshqalar.

Universitet - toʻliq akademik va tashkiliy-moliyaviy mustaqillikka ega boʻlgan nodavlat oliy oʻquv yurti boʻlib, oʻz faoliyatini 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab amalga oshiradi.

 

Universitet bitiruvchilariga Arizona davlat universiteti yoki AQShda tan olinadigan hamkor xorijiy oliy taʻlim tashkilotining diplomi beriladi. Bunda bitiruvchilarga berilpan diplom Oʻzbekiston hududida tan olinadi.

 

"Cintana Education" kompaniyasi (AQSh) Universitetni tashkil etish va uning faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun 2024-2030-yillarda 30 mln AQSh dollari, 2030-2035-yillarda 20 mln AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish majburiyatini oladi.

 

Hujjat bilan Toshkentdagi Amerika texnologiya universiteti faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻyicha Boshqaruv kengashi tarkibi tasdiqlandi.

 

 

 

Oʻrta Chirchiq tumani yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti A.Ibragimov