Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

ENERGETIKA SOHASIDA KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH MARKAZI TASHKIL ETILMOQDA


ENERGETIKA SOHASIDA KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH MARKAZI TASHKIL ETILMOQDA

 

Vazirlar Mahkamasining 16.07.2024-yildagi 426-son qarori bilan energetika sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar tasdiqlandi.

 

Bugungi kunda elektr energetikasi va neft-gaz sohasida 80 ming kishi mehnat qilmoqda. Shu bilan birga, energetika sohasi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning yagona tizimi yoʻqligi soha obʻyektlaridagi taʻmirlash ishlari sifatiga salbiy taʻsir koʻrsatib, avariyalar va halokatlar sonining oʻsishiga sabab boʻlmoqda.

 

Energetika vazirligi huzuridagi "Oʻzenergoinspeksiya", "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ, "Oʻzbekgidroenergo", "Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari", "Oʻzbekneftgaz", "Oʻztransgaz" va "Hududgaztaʻminot" hamda "Oʻzkimyosanoat" taʻsischiligida hududiy filiallarga ega boʻlgan Energetika sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi MChJ shaklida tashkil etilmoqda.

 

Markazning asosiy vazifalari:

 

zamonaviy talablarga muvofiq kadrlar taʻlimi sifatini taʻminlash;

zarur kasbiy kompetensiyalar darajasini shakllantirish, oʻz kasbiy bilim, koʻnikma va malakalarini doimiy takomillashtirish mexanizmlarini joriy etish;

ilgʻor xorijiy tajriba asosida oʻquv dasturlarini ishlab chiqish;

oʻquv jarayoni sifati va samaradorligini tahlil qilish va monitoring qilishning raqamli axborot tizimlarini joriy etish;

energoaudit va energomenejment boʻyicha maxsus oʻquv kurslarini tashkil etish;

malaka oshirish uchun raqamli taʻlim resurslarini yaratish va masofaviy taʻlim tizimini joriy etish va boshqalar.

2025-yil 1-apreldan boshlab energetika sohasidagi davlat tashkilotlari va korxonalarida ishlayotganlar malakasini oshiradilar:

 

rahbarlar va mutaxassislar - besh yilda kamida bir marta;

muhandis-texnik, ishlab chiqarish va ishchi xodimlar - uch yilda kamida bir marta.

2025-yil 1-aprelgacha Markaz energetika sohasida xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish, shuningdek yakuniy imtihonlar oʻtkazish uchun maxsus elektron platformani ishga tushiradi.

 

Markazda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli oʻtagan tinglovchilarga tegishli sertifikat beriladi.

 

 

Oʻrta Chirchiq tumani yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti      A.Ibragimov