Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

TEXNIK KOʻRIKDAN OʻTISH UCHUN ARIZANI YAIDXP ORQALI BERISH MUMKIN


TEXNIK KOʻRIKDAN OʻTISH UCHUN ARIZANI YAIDXP ORQALI BERISH MUMKIN

Vazirlar Mahkamasining 08.07.2024-yildagi “Vazirlar Mahkamasining «Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2021-yil 9-martdagi 125-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi 390-son qaror qabul qilindi.

 

Oʻzgartirishlarga koʻra:

 

yuridik shaxslarning transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish joylarini Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boʻlinmalari tomonidan belgilash tartibi bekor qilinmoqda;

tadbirkorlik subʻyektlariga M1, M2, M3, N1, N2, N3 toifadagi transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish xizmatini koʻrsatishga ruxsat berilmoqda;

Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tomonidan texnik koʻrik xizmatini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subʻyektlarining ustavlari nusxasini talab qilish amaliyoti bekor qilinmoqda;

texnik koʻrik xizmatini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subʻyektlarining elektron tizimlari Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining “Texnik koʻrik” moduli bilan integratsiya qilinishi kerak.

Shuningdek, transport vositasini texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun jismoniy va yuridik shaxslar YaIDXP yoki Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining mobil ilovasi orqali murojaat qoldirishlari mumkin. Bunda murojaat elektron tarzda tadbirkorlik subʻyektiga yuboriladi. Transport egalariga texnik koʻrik oʻtkazish vaqti va joyi haqida onlayn xabarnoma yuboriladi.

 

 

Oʻrta Chirchiq tumani yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti       A.Ibragimov