Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

TURIZM SOHASIDAGI FAOLIYATGA QOʻYILADIGAN TALABLAR SODDALASHTIRILDI.


TURIZM SOHASIDAGI FAOLIYATGA QOʻYILADIGAN TALABLAR SODDALASHTIRILDI.

Vazirlar Mahkamasining 06.07.2024-yildagi “Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar qisqartirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 389-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:

 

turar joylarni ijaraga berish va ularni sertifikatlash Yagona elektron reyestrining yuritilishi bekor qilindi (10.07.2020-y. VMQ-433-son qarorining 2-b.);

turizm xizmatlarini, shuningdek, mehmonxona xizmatlarini koʻrsatishni sertifikatlashtirish toʻgʻrisidagi arizaga koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni, shu jumladan ijara shartnomasini belgilovchi hujjatlarini ilova qilish talabi bekor qilindi;

markaz ("Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi" DUK) ariza beruvchining koʻchmas mulkka doir huquqini belgilaydigan hujjatlar yoki bunday mulkning soliq organlarida hisobga qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi ijara shartnomasini “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali onlayn tekshirib oladi (10.07.2020-y. VMQ-433-son qaroriga 2-ilovaning 9-b. 5-x.b.);

vakolatli davlat organi ariza beruvchining arizasiga muvofiq koʻchmas mulk obʻyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida koʻchirma yoki shu turdagi mulkning ijara shartnomasini “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali onlayn tekshirib oladi (27.11.2023-y. VMQ-622-son qaroriga 2-ilovaning 8-b. 4-x.b.).

 

 

 

Oʻrta Chirchiq tumani yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti               A.Ibragimov