Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Huquqshunosga savol: Bola parvarishlash tatili toʻgʻrisida tushuncha bersangiz.


Huquqshunosga savol:

Bola parvarishlash tatili toʻgʻrisida tushuncha bersangiz.

Javob: Homiladorlik va tugʻish taʼtili tugaganidan keyin ayolning xohishiga koʻra, unga bolasi ikki yoshga toʻlgunga qadar bolani parvarishlash uchun taʼtil berilib, bu davrda qonunchilikda belgilangan tartibda nafaqa toʻlanadi.

Ayolga, uning xohishiga koʻra, bolasi uch yoshga toʻlgunga qadar bolani parvarishlash uchun ish haqi saqlanmaydigan qoʻshimcha taʼtil ham beriladi.

Bolani parvarishlash uchun beriladigan taʼtillardan bolaning otasi, buvisi, buvasi yoki bolani amalda parvarishlayotgan boshqa qarindoshlari ham toʻliq yoki uni qismlarga boʻlib foydalanishlari mumkin.

Ayol yoki ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar oʻz xohishlariga koʻra, bolani parvarishlash taʼtili davrida toʻliq boʻlmagan ish vaqti rejimida yoki ish beruvchi bilan kelishib, uyda ishlashlari mumkin. Bunda ularning nafaqa olish huquqlari (ushbu moddaning birinchi qismi) saqlanib qoladi.

Bolani parvarishlash taʼtillari davrida ayolning ish joyi (lavozimi) saqlanadi. Bu taʼtillar mehnat stajiga lekin hammasini jamlaganda koʻpi bilan olti yil, shu jumladan mutaxassisligi boʻyicha ish stajiga ham qoʻshiladi.

Bolani parvarishlash taʼtillarining vaqti, basharti jamoa shartnomasida, korxonaning boshqa lokal hujjatida yoxud mehnat shartnomasida oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, keyingi haq toʻlanadigan yillik taʼtil olish huquqini beradigan ish stajiga qoʻshilmaydi.

 

Bekobod shaxar Adliya boʻlimi yuridik

xizmat koʻrsatish markazi boshligʻi                              N.Tursunov