Янгиликлар
Huquqshunosga savol: Mehnat huquqi layoqati va mehnat layoqati boʻyicha malumot bersangiz.
Huquqshunosga savol:
Mehnat huquqi layoqati va mehnat layoqati boʻyicha malumot bersangiz.
Javob: (MK .21-modda)
Mehnat huquqiga va majburiyatlariga ega boʻlish (mehnat huquqi layoqati) va fuqaroning oʻz xatti-harakatlari orqali mehnat huquqlarini amalga oshirish, oʻzi uchun mehnat majburiyatlari olish va ularni bajarish qobiliyati (mehnat layoqati) Oʻzbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun bir xilda tan olinadi. Chet el fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, agar qonun hujjatlarida boshqacha holat koʻrsatilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari kabi huquq va layoqatga ega boʻladi. Mehnat huquqi layoqati va mehnat layoqati fuqaroning oʻn olti yoshga toʻlishi bilan bir vaqtda yuzaga keladi, ushbu Kodeksda va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Bekobod shaxar Adliya boʻlimi yuridik
xizmat koʻrsatish markazi boshligʻi N.Tursunov