Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Huquqshunosga savol: Mehnat shartnomasining tushunchasi va taraflarini tushirtirib bersangiz?


Huquqshunosga savol:

Mehnat shartnomasining tushunchasi va taraflarini tushirtirib bersangiz?

Javob:

Mehnat shartnomasi – koʻp qirrali ahamiyatga ega boʻlgan yuridik hujjat sifatida taʼriflanmogʻi kerak. Bunda eng avvalo uning huquqiy muhofaza funksiyasiga ega ekanligi diqqat markazida saqlanmogʻi kerak. Mehnat shartnomasi kelgusida vujudga kelishi mumkin boʻlgan ixtilof va tortishuvlarni hal etishga kalit boʻladigan vositadir va nizoni muxokama qilayotgan organ eng avvalo, mehnat shartnomasi mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda masalaga yondoshishi va uning qoidalariga tayangani holda qaror qabul qilishi lozim. Mehnat shartnomasi – xodim va ish beruvchi oʻrtasidagi muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim boʻyicha mehnat majburiyatlarini ichki mehnat tartibiga amal qilgan holda haq evaziga bajarishidan iboratdir. Mehnat shartnomasi shaxslar oʻrtasida huquqiy munosabat yuzaga keltirish asosi sifatida boshqa fuqarolik huquqiy xususiy shartnomalar bilan aynandir.«Mehnat shartnomasi xodim bilan ish beruvchi oʻrtasida muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim boʻyicha ishni ichki mehnat tartibiga boʻysungan holda taraflar kelishuvi, shuningdek mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan shartlar asosida haq evaziga bajarish haqidagi kelishuvdir».    Mehnat shartnomasi tuzilishi vositasida xodim va ish beruvchining oʻzaro munosabatlari individuallashtiriladi hamda huquqiy tartibga solinadi. Faqat mehnat shartnomasi tuzilishi yoʻli bilangina fuqaro xodim maqomini oladi, mehnat jamoasiga qoʻshiladi, korxona lokal meʼyoriy hujjatlari, ichki mehnat tartibi qoidalari, mehnat qonunlari toʻla hajmda unga tatbiq etila boshlanadi. Mehnat qonunlari ishga qabul qilishni huquqiy jihatdan tartibga solar ekan, ish turi, joyi va kasb-korini tanlash erkinligi, mehnat huquqlarining amalga oshirilishida barcha fuqarolarning oʻzaro teng ekanliklari, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi tabaqalarini davlat qoʻllab-quvvatlashining amalga oshirilishi kabi qoidalariga asoslanadi. Mehnat shartnomasi xususiy huquqiy shartnomalarning bir turi sifatida shartnomalarga xos boʻlgan barcha xususiyatlarni oʻzida aks ettiradi va uning taraflari oʻrtasidagi oʻzaro huquqiy munosabat, huquqlar va majburiyatlar mazmunini ifodalaydi. Biroq, mehnat shartnomalarining oʻziga xos boʻlgan xususiyatlari va bir qator jihatlari borki, ular mehnat shartnomasini fuqarolik huquqiy shartnomalaridan aniq farqlash imkonini beradi. Mehnat shartnomasini tasniflanishida uning amal qilish mud­dati muhim mezonlardan sanaladi va shunga koʻra mehnat shartnoma­lari nomuayyan (muddati koʻrsatilmagan holda) muddatga tuziladigan va muddatli mehnat shartnomalariga boʻlinadi. Mehnat qonunchiligi xodim mehnat huquqiy ahvolini yomonlashtirilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida muddatli mehnat shartnomasi tuzilishi mumkin boʻlgan hollarni aniq belgilab qoʻyish orqali ish beruvchining bu masaladigi huquqlarini birmuncha cheklaydi. Mehnat shartnomasi unda ishtirok etayotgan taraflarning, birinchi navbatda xodimning manfaatlarini real va samarali tarzda taʼminlash maqsadida faqat yozma ravishda tuzilishi lozim. “Mehnat shartnomasi yozma shaklda tuziladi”.

Mehnat shartnomasi bir xil kuchga ega boʻlgan ikki nusxada, odatda davlat tilida, zarur hollarda esa xodim tushunadigan boshqa tilda ham tuziladi va tomonlar imzolaganlaridan soʻng kuchga kiradi, ularning har biriga saqlash uchun beriladi. Mehnat shartnomasi ishga qabul qilish vakolatiga ega boʻlgan rahbar tomonidan imzolanib, uning imzosi korxona muhri bilan tasdiqlanadi. Shartnomada tomonlarning manzillari, boshqa maʼlumotlar koʻrsatiladi.

Bekobod shaxar Adliya boʻlimi yuridik

xizmat koʻrsatish markazi boshligʻi                              N.Tursunov