Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Huquqshunosga savol: Yuridik xizmatning qonuniylikni taminlashdagi funksiyalarini aytib bersangiz?


Huquqshunosga savol:

Yuridik xizmatning qonuniylikni taminlashdagi funksiyalarini aytib bersangiz?

Javob:

     Yuridik xizmatning davlat organlari va tashkilotlari hamda xoʻjalik boshqaruv organlari faoliyatida qonuniylikni taʼminlashdagi ishtiroki quyidagi funksiyalarni:

a) tashkiliy; b) nazorat; v) huquqiy tarbiya ishlarini olib borish orqali amalga oshiriladi.

      Yuridik xizmatning tashkiliy funksiyasi – qonuniylikni taʼminlash boʻyicha hamda huquqiy ishlar darajasini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishni oʻz ichiga oladi. Davlat organlari yuridik xizmatining bu funksiyasi markaziy apparatda, shuningdek, uning tizimidagi tashkilotlar tomonidan qonunchilikni toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlashga qaratiladi va amalga oshiriladi.

     Yuridik xizmatning nazorat funksiyasi – davlat organlari tomonidan amalga oshiriladigan nazorat hamda nazorat-tahliliy faoliyatning tarkibiy qismi hisoblanib, u quyidagi vositalar orqali amalga oshiriladi:

1)     davlat organlari, ularning tizimi yoki tarkibiy boʻlinmalari tomonidan qabul qilingan qarorlar, buyruqlar va boshqa huquqiy mazmundagi hujjatlar qonunga muvofiqligi nuqtayi nazaridan tekshiriladi yoki oʻrganiladi. Bunda asosan yuridik kuchga kirgan hujjat tekshiriladi va bunday hujjatning qonunga zidligi aniqlansa, yuridik xizmat tomonidan tegishli choralar koʻriladi, yaʼni tegishli rahbarga bu haqida axborot beriladi;

2)     davlat organi tizimidagi tashkilotlarning huquqiy ishlari ahvolini va yuridik xizmati faoliyatini tekshiradi.

3)     Yuridik xizmat quyidagi huquqlarga ega;

-davlat organi va tashkilotiga kelib tushayotgan nomativ-huquqiy hujjatlarni tanishish,xizmatda foydalinish va ularning tizimlashtirilgan hisobini yuritish uchun birinchi navbatda olish;

-davlat organi va tashkiloti,shuningdek,uning tizimga kiradigan tuzilmalarning mansabdor shaxslaridan yuridik xizmatga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlarni olish;

-rahbariyat tomonidan chaqiriladigan huquqiy masalalarga tegishli yigʻilishlar,kengashlar va majlislarda ishtirok etish;

-rahbariyat topshirigʻiga koʻra yoki tegishli tuzilma rahbarining roziligi bilan ularning xodimlarini normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun ,huquqiy ishlarni amalga oshirish oshorish bilan bohliq tadbirlarda jalb etish;

-qonunchilikka zid boʻlgan,qonunchilik texnikasi talablariga javob bermaydigan normativ –huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar hujjatlar loyihalarini ijrochilariga puxta ishlash uchun qaytaradi,oʻz eʼtirozlarini asosalangan holda va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida huquqiy xulosalar berish ,rahbariyat topshirigʻiga koʻra oʻz tashabbusi bilan boshqa tuzilmalar bilan birgalikda ushbu loyihalarni puxta ishlashida ishtirok etish;

-davlat organi va tashkiloti tizimiga kiradigan tuzilmalarda davlat organi va tashkiloti vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qonun hujjatlarda davlat organi va tashkiloti vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qonun hujjatlariga rioya qilinishi masalalarini oʻrganish;

-davlat organi va tashkiloti ,shuningdek,uning tizimiga kiradigan tuzilmalarning qonun hujjatlari bajarilishini taʼminlamayotgan yoxud buzayotgan rahbarlari va xodimlarini javobgarlikka tortish haqida takliflar kiritish va h.

Bekobod shaxar Adliya boʻlimi yuridik

Xizmat koʻrsatish markazi boshligʻi                                            N.Tursunov