Янгиликлар
Huquqshunosga savol:Prokuratura organlarining yoʻnalishlari boʻyicha malumot bersangiz?
Huquqshunosga savol:Prokuratura organlarining yoʻnalishlari boʻyicha malumot bersangiz?
Javob: Prokuratura organlari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
-vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, hokimlar vaboshqamansabdor shaxslar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat qilish;
-fuqaroning huquq hamda erkinliklarini taʼminlashga qaratilgan qonunlar ijrosi ustidan nazorat qilish;
-Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida, vazirliklar, davlat qoʻmitalari vaidoralarining harbiy tuzilmalarida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish;
-tezkor-qidiruv faoliyatni, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiradigan organlar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat qilish hamda ularning jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
-jinoyatlar yuzasidan dastlabki tergov olib borish;
-sudlarda jinoyat ishlari koʻrib chiqilayotganda davlat ayblovini quvvatlash, sudlarda fuqarolik ishlarini, maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni hamda xoʻjalik nizolarini koʻrishda ishtirok etish, qonunlarga zid boʻlgan sud hujjatlariga protest keltirish;
Yuqorida keltirilgan yaʼni 4-moddaning 1-bandiga asosan ,prokuratura organlarining
-soliq intizomini mustahkamlashga, soliq, valyuta sohasidagi jinoyatlar vahuquqbuzarliklarga qarshi kurashga, shuningdek davlatga yetkazilgan iqtisodiy zararni qoplashga qaratilgan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat qilish;
-ushlab turilganlarni, qamoqqaolinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy taʼsirning boshqa choralarini ijro etish chogʻida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish;
-qonun ijodkorligi faoliyatida hamda jamiyatda huquqiymadaniyatni yuksaltirish ishida ishtirok etish.
Bekobod shaxar Adliya boʻlimi yuridik
xizmat koʻrsatish markazi boshligʻi N.Tursunov