Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Huquqshunosga savol: Shtat birligi qisqartirilgan xodimni ishdan boʻshatish tartibi boʻyicha tushuncha bersangiz?


Huquqshunosga savol:

Shtat birligi qisqartirilgan xodimni ishdan boʻshatish tartibi boʻyicha tushuncha bersangiz?

    Javob:

Mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka amal qilishni taʼminlash va mehnat intizomini mustahkamlash xoʻjalik yurituvchi subyekt yuridik xizmati boshqa tarkibiy boʻlinmalar bilan birgalikda amalga oshiradigan huquqiy ishning muhim yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.

“S”ismli xodimning shtat birligi qisqartirilgan. Ikki oylik ogohlantirish muddati pullik kompensatsiyaga almashtirilib, mehnat shartnomasini bekor qilish haqida xodim ariza bergan.

Xodimning arizasi ish beruvchi tomonidan qanoatlantirilgan va mehnat shartnomasini bekor haqida buyruq loyihasi tayyorlanib, xulosa berish uchun yuridik xizmatga taqdim etiladi. Yuridik xizmat tomonidan tomonidan buyruq loyihasini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish jarayonida eʼtibor qaratishi lozim boʻlgan jihatlar mavjud, yani-malakasi va mehnat unumdorligi bir xil boʻlgan taqdirda beriladigan afzalliklarni taqdim etish talab qilinishiga rioya etiladi, xodim pullik kompensatsiyani olgan-olmagani, Shu tashkilotdan unga oʻziga mos boshqa ish joyi taklif etilgani kabilar hisobga olinadi.Mehnat qonunchiligi talablariga toʻliq rioya etilmasdan mehnat shartnomasini bekor qilinishi, aynan shu buyruqni bekor qilish haqida Mehnat huquq inspeksiyasi tomonidan tegishli taydimnoma kiritilishiga sabab boʻladi.

 

Bekobod shaxar Adliya boʻlimi yuridik

xizmat koʻrsatish markazi boshligʻi                                             N.Tursunov