Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Huquqshunosga savol: Sudga davo arizasini 2 nusxada pochta orqali yubordim, lekin Sud tomonidan ilova qilingan xujjatlar toʻliq emasligi va arzimagan pochta xarajati toʻlanmaganini asos qilib arizamni qaytardi, shu xolatga izoh bersangiz?


Huquqshunosga savol:  Sudga davo arizasini 2 nusxada pochta orqali yubordim, lekin Sud tomonidan  ilova qilingan xujjatlar toʻliq emasligi va arzimagan pochta xarajati toʻlanmaganini asos qilib arizamni qaytardi, shu xolatga izoh bersangiz?

 Javob: Sudya daʼvo arizasini va unga ilova qilingan hujjatlarni quyidagi hollarda qaytaradi, agar:

1) daʼvo arizasining ushbu Kodeks 149-moddasida belgilangan shakli va mazmuniga rioya qilinmagan boʻlsa;

2) daʼvo arizasi imzolanmagan boʻlsa yoki uni imzolash huquqiga ega boʻlmagan shaxs yoxud mansab mavqei yoki familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan boʻlsa;

3) ish mazkur sudning sudloviga tegishli boʻlmasa;

4) oʻzaro bogʻliq boʻlgan bir nechta talab birlashtirilgan boʻlib, ularning ayrimlari fuqarolik ishlari boʻyicha sudga yoki maʼmuriy sudga, boshqalari esa iqtisodiy sudga taalluqli boʻlsa;

5) javobgarga va uchinchi shaxslarga daʼvo arizasining hamda unga ilova qilingan hujjatlarning koʻchirma nusxalari yuborilganligini, soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilayotgan ishlar boʻyicha esa — javobgarga daʼvo arizasining va unga ilova qilingan hujjatlarning koʻchirma nusxalari topshirilganligini tasdiqlovchi dalillar taqdim etilmagan boʻlsa;

6) davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda hamda miqdorda toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmagan boʻlsa, davlat boji toʻlashni kechiktirish, boʻlib-boʻlib toʻlash mumkinligi qonunda nazarda tutilgan hollarda esa bu haqda iltimosnoma mavjud boʻlmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan boʻlsa;

7) mazkur toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan hollarda javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni daʼvogar taqdim etmagan boʻlsa;

8) bitta daʼvo arizasida bir yoki bir nechta javobgarga nisbatan oʻzaro bogʻliq boʻlmagan bir nechta talab birlashtirilgan boʻlsa;

9) qonunchilikka yoki shartnomaga koʻra qarz bank yoki boshqa kredit tashkiloti orqali olinishi kerak boʻlganda qarzni javobgardan olish uchun bankka yoxud boshqa kredit tashkilotiga murojaat qilinganligiga doir dalillar taqdim etilmagan boʻlsa;

10) daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisida ajrim chiqarilguniga qadar uni qaytarib olish toʻgʻrisida ariza kelib tushgan boʻlsa.

 .

Daʼvo arizasini qaytarish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Ajrim bekor qilingan taqdirda, daʼvo arizasi sudga dastlabki murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi.

Bekobod shaxar Adliya boʻlimi yuridik

xizmat koʻrsatish markazi boshligʻi                                            N.Tursunov