Янгиликлар
Huquqshunosga savol: Men ishlaydigan korxonada yuridik xizmat tomonidan ishchi xodimlarning huquqiy madaniyatini oshirish yuzasilan xaftada ikki soatlik oʻquv seminari oʻtkazish yoʻlga qoʻyilgan, shu qonuniymi?
Huquqshunosga savol: Men ishlaydigan korxonada yuridik xizmat tomonidan ishchi xodimlarning huquqiy madaniyatini oshirish yuzasilan xaftada ikki soatlik oʻquv seminari oʻtkazish yoʻlga qoʻyilgan, shu qonuniymi?
Javob::
Yuridik xizmat xodimi - Davlat organi va tashkiloti xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyatini, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali yetkazish sohasida:
a) davlat organi va tashkiloti rahbariyati uchun qonunchilik masalalari boʻyicha tahliliy materiallar tayyorlaydi;
b) davlat organi va tashkiloti, shuningdek uning tizimiga kiradigan tuzilmalar xodimlarining huquqiy bilimlarini oshirish tadbirlarini tashkil etish toʻgʻrisida takliflar kiritadi, ushbu tadbirlarni oʻtkazishda ishtirok etadi;
v) davlat organi va tashkiloti faoliyatiga tegishli qonunchilikni targʻib qilish ishlarini amalga oshiradi;
g) zudlik bilan davlat organi va tashkiloti axborot xizmatiga davlat organi va tashkiloti veb-saytiga joylashtirish maqsadida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar va ularning mazmun va ahamiyati toʻgʻrisida maʼlumotlar kiritadi;
d) davlat organi va tashkiloti xodimlarining murojaatlari boʻyicha ularga davlat organi va tashkiloti faoliyatiga tegishli huquqiy hujjatlarni topishga koʻmaklashadi, zarur hollarda ularning qoidalari boʻyicha tushuntirishlar beradi;
ye) qonunchilikka kiritilgan oʻzgartirishlar haqidagi maʼlumotlarni, sud amaliyotini, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining huquqiy ishlarga taalluqli koʻrsatmalarini davlat organi va tashkiloti tizimiga kiradigan tuzilmalarga yetkazadi;
Bekobod shaxar Adliya boʻlimi yuridik
xizmat koʻrsatish markazi boshligʻi N.Tursunov