Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Huquqshunosga savol: Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi qabul qilinishi jarayoni boʻyicha tushuncha bersangiz?


Huquqshunosga savol: Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi qabul qilinishi jarayoni boʻyicha tushuncha bersangiz?

Javob: Normativ-huquqiy hujjat loyihasi birinchi navbatda huquqiy va korrupsiyaga qarshi ekspertizalardan oʻtkazilishi shart.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiquvchining yoki normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega boʻlgan organning qaroriga koʻra iqtisodiy, moliyaviy, ilmiy, lingvistik, ekologik ekspertizadan, shuningdek boshqa turdagi ekspertizalardan oʻtkazilishi mumkin.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashda bevosita ishtirok etmagan tashkilotlar va (yoki) shaxslar ekspertlar sifatida jalb qilinadi. Ekspertiza oʻtkazish uchun olimlar va mutaxassislar, shu jumladan boshqa davlatlar hamda xalqaro tashkilotlardan olimlar va mutaxassislar jalb etilishi mumkin. Ekspertlar normativ-huquqiy hujjat loyihasiga baho berishda mustaqildir va ekspertiza oʻtkazish topshirigʻini bergan organning nuqtayi nazari bilan bogʻliq boʻlmaydi.

Ekspertlarning normativ-huquqiy hujjat loyihasi boʻyicha xulosalari tavsiya xususiyatiga ega boʻlib, ular ishlab chiquvchi yoki normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega boʻlgan organ tomonidan koʻrib chiqilishi lozim. Xulosaning inobatga olinmagan bandlari yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilgan holda maʼlumotnoma tayyorlanadi.

Huquqiy ekspertiza jarayonida normativ-huquqiy hujjat loyihasining Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, unga nisbatan yuqoriroq yuridik kuchga ega boʻlgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirishning talablariga muvofiqligi, shu jumladan normativ-huquqiy hujjat loyihasida havola qiluvchi normalar qoʻllanilishining asosliligi hamda maqsadga muvofiqligi tekshiriladi.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining huquqiy ekspertizasi ishlab chiquvchining yoki normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega boʻlgan organning yuridik xizmati, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, uning hududiy boʻlinmalari va boshqa tashkilotlar tomonidan qonunchilikka muvofiq oʻtkaziladi.

 

 

Bekobod shaxar Adliya boʻlimi yuridik

xizmat koʻrsatish markazi boshligʻi                                            N.Tursunov