Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Huquqshunosga savol: Konsullik faoliyati tushunchasiga izoh bersangiz?


Huquqshunosga savol:

Konsullik faoliyati tushunchasiga izoh bersangiz?

Javob:

Konsullik faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari va yuridik shaxslari konsullik muassasasi joylashgan davlatning qonunchiligida, Oʻzbekiston Respublikasi va konsullik muassasasi joylashgan davlat ishtirokchi boʻlgan xalqaro shartnomalarda berilgan barcha huquqlardan toʻliq hajmda foydalanish imkoniyatiga ega boʻlishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan choralar koʻrish maqsadida amalga oshiriladi.

Konsullik faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan yaxshi qoʻshnichilik hamda doʻstona munosabatlarini rivojlantirishga, iqtisodiy, savdo, ilmiy-texnikaviy, madaniy aloqalarni va boshqa aloqalarni kengaytirishga koʻmaklashish uchun yoʻnaltirilgandir.

Konsullik faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan prinsiplari va normalariga, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga, ushbu Konsullik ustaviga, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq, konsullik muassasasi joylashgan davlatning qonunchiligi hisobga olingan holda amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan konsullik munosabatlarini oʻrnatish oʻzaro kelishuvga koʻra amalga oshiriladi.

Ikki davlat oʻrtasidagi diplomatik munosabatlarni oʻrnatishga doir kelishuv, agar boshqacha qoida shartlashilmagan boʻlsa, konsullik munosabatlarini oʻrnatishga boʻlgan rozilikni bildiradi.

Diplomatik munosabatlarning uzilishi konsullik munosabatlarining avtomatik uzilishini va Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasasi faoliyatining tugatilishini anglatmaydi

 

Bekobod shaxar Adliya boʻlimi yuridik

xizmat koʻrsatish markazi boshligʻi                                            N.Tursunov