Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Huquqshunosga savol: Konsullik muassasasi maqomiga tarif bersangiz?


Huquqshunosga savol:

Konsullik muassasasi maqomiga tarif bersangiz?

Javob: Konsullik muassasasi Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasi joylashgan davlat hududida konsullik okrugi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi nomidan konsullik funksiyalarini bajaruvchi tashqi aloqalar boʻyicha davlat organidir. Konsullik muassasasi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimiga kiradi. Konsullik muassasasi konsullik muassasasi joylashgan davlatdagi Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonasi boshligʻiga boʻysunadi va uning umumiy rahbarligida faoliyat koʻrsatadi. Konsullik muassasasi joylashgan davlatda Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonasi mavjud boʻlmagan taqdirda, konsullik muassasasi bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga boʻysunadi.

Konsullik muassasasi yuridik shaxs huquqlaridan foydalanadi, oʻziga biriktirilgan mol-mulkka, rekvizitlarga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga (muhrlarga), tegishli shtamplar va blankalarga, shuningdek banklarda hisobvaraqlarga ega boʻladi.

Konsullik xonalaridan, shu jumladan binolardan yoki binolarning qismlaridan hamda bunday binolarga yoki ularning qismlariga xizmat qiluvchi yer uchastkasidan, ularga boʻlgan mulk huquqidan qatʼi nazar, konsullik vazifalarining bajarilishiga muvofiq boʻlmagan maqsadlarda foydalanilmasligi kerak.

 

Bekobod shaxar Adliya boʻlimi yuridik

xizmat koʻrsatish markazi boshligʻi                                            N.Tursunov