Янгиликлар
Huquqshunosga savol: Konsullik darajalari nimalardan iborat?
Huquqshunosga savol:
Konsullik darajalari nimalardan iborat?
Javob:
Konsullik muassasalari quyidagi darajalarga boʻlinadi:
bosh konsullik muassasalari;
konsullik muassasalari;
vitse-konsullik muassasalari;
konsullik agentliklari.
Konsullik muassasasi konsullik muassasasi joylashadigan davlat hududida shu davlatning roziligi bilan ochiladi.
Konsullik muassasasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan ochiladi.
Konsullik muassasasining joylashish yeri, ushbu muassasaning darajasi va konsullik funksiyalarini bajarish uchun konsullik muassasasiga ajratiladigan konsullik okrugi konsullik muassasasi joylashadigan davlat bilan kelishuvga koʻra belgilanadi.
Konsullik muassasasining joylashgan yerini, ushbu muassasaning darajasini va konsullik okrugini keyinchalik oʻzgartirish faqat konsullik muassasasi joylashgan davlatning roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Konsullik muassasalari konsullik muassasasi joylashgan davlatda xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan prinsiplari hamda normalariga, Oʻzbekiston Respublikasi va konsullik muassasasi joylashgan davlat ishtirokchi boʻlgan xalqaro shartnomalarga hamda konsullik muassasasi joylashgan davlatning qonunchiligiga muvofiq imtiyozlar va immunitetlardan foydalanadi.
Bekobod shaxar Adliya boʻlimi yuridik
xizmat koʻrsatish markazi boshligʻi N.Tursunov