Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Huquqshunosga savol: Konsullik raxbarlari xaqida malumot bersangiz?


Huquqshunosga savol:

Konsullik raxbarlari xaqida malumot bersangiz?

Javob: Konsullikning funksiyalarini bajarishga vakolatli boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi konsullikning mansabdor shaxsi boʻlishi mumkin. Konsullikning mansabdor shaxsi lavozimiga nomzodlarga doir talablar qonunchilikda belgilanadi.

Konsullikning mansabdor shaxsini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Konsullik muassasalarining boshliqlari quyidagi darajalarga boʻlinadi: bosh konsullar, konsullar, vitse-konsullar, konsullik agentlari.

Konsullik muassasasining boshligʻi konsullik muassasasi ishiga bevosita rahbarlik qiladi, konsullik muassasasining zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilishi uchun shaxsan javobgar boʻladi, konsullik muassasasi xodimlarining lavozim majburiyatlarini belgilaydi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Konsullik muassasasining boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan lavozimga tayinlanadi va konsullik muassasasi joylashgan davlatning roziligi (ekzekvaturasi) olinganidan keyin oʻz funksiyalarini bajarishiga yoʻl qoʻyiladi. Uning tayinlanganligi toʻgʻrisida konsullik muassasasi joylashgan davlatning hokimiyat organlari xabardor qilinadi. Konsullik muassasasining boshligʻi lavozimga tayinlanayotganida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligidan konsullik patentini oladi, patentda uning konsullik okrugi koʻrsatiladi.

Konsullik muassasasining boshligʻi konsullik funksiyalarini shaxsan bajaradi yoki ularni bajarishni konsullikning boshqa mansabdor shaxsiga topshiradi. Agar konsullik muassasasining boshligʻi biron-bir sababga koʻra oʻz vazifalarini bajara olmaydigan boʻlsa yoki konsullik muassasasining boshligʻi lavozimi vaqtincha boʻsh turgan boʻlsa, konsullik muassasasining boshligʻi majburiyatlarini bajarish ushbu konsullik muassasasining yoki Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasi joylashgan davlatdagi boshqa konsullik muassasasining boshqa mansabdor shaxsi zimmasiga yoxud shu davlatdagi Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonasi diplomatik xodimlaridan birining zimmasiga yuklatiladi.

Bekobod shaxar Adliya boʻlimi yuridik

xizmat koʻrsatish markazi boshligʻi                                            N.Tursunov