Янгиликлар
Huquqshunosga savol: Konsullik xodimlari qanday imtiyozlarga ega?
Huquqshunosga savol:
Konsullik xodimlari qanday imtiyozlarga ega?
Javob:
Konsullikning mansabdor shaxslari, shuningdek ularning akkreditatsiya qilingan oila aʼzolari konsullik muassasasi joylashgan davlatda xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan prinsiplari hamda normalariga, Oʻzbekiston Respublikasi va konsullik muassasasi joylashgan davlat ishtirokchi boʻlgan xalqaro shartnomalarga hamda konsullik muassasasi joylashgan davlatning qonunchiligiga muvofiq imtiyozlar va immunitetlardan foydalanadi.
Konsullikning mansabdor shaxslari va ularning oila aʼzolari konsullik muassasasi joylashgan davlatning qonunlari va qoidalariga rioya etishi, mahalliy urf-odatlarni hurmat qilishi hamda konsullik muassasasi joylashgan davlatning ichki ishlariga aralashish deb qaralishi mumkin boʻlgan har qanday xatti-harakatlardan tiyilishi shart.
Bekobod shaxar Adliya boʻlimi yuridik
xizmat koʻrsatish markazi boshligʻi N.Tursunov