Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Huquqshunosga savol: Qizim bundan 1 yil oldin Rossiya Federatsiyasiga ishlash uchun ketgan. Oʻsha yerda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish pasportini nomalum sababda yoʻqotib qoʻyibdi, bu masalada unga kim qanday yordam bera oladi.


Huquqshunosga savol:

Qizim bundan 1 yil oldin Rossiya Federatsiyasiga ishlash uchun ketgan. Oʻsha yerda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish pasportini nomalum sababda yoʻqotib qoʻyibdi, bu masalada unga kim qanday yordam bera oladi.

Javob:

Oʻzbekison Respublikasi fuqarolari bunday vaziyatda Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasida joylashgan Oʻzbekiston Respublikasi Konsullik idorasiga murojaat qilishi kerak, Oʻzbekiston Respubliasi Konstitutsiyasiga koʻra xar bir fuqaro qayerda boʻlishidan qatiy nazar Davlat ximoyasida shu asosida Konsullikning mansabdor shaxsi konsullik okrugi hududida doimiy yashayotgan yoki xizmat safari, kontrakt boʻyicha ish, oʻqish yoxud davolanish maqsadida vaqtinchalik turgan shaxsga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olgan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish uchun biometrik pasportini yoki Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi boʻlmagan shaxsining harakatlanish hujjatini rasmiylashtirish, berish va almashtirish uchun hujjatlarni qabul qiladi.

Agar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining shaxsini tasdiqlovchi hujjatni yoʻqotsa va bu haqda konsullik muassasasiga murojaat qilsa, konsullikning mansabdor shaxsi arizachi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tekshirilganidan hamda uning Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansubligi tasdiqlanganidan keyin mazkur fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi va unga Oʻzbekiston Respublikasiga kirish (qaytib kelish) huquqini beruvchi vaqtinchalik hujjatni Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda rasmiylashtiradi hamda beradi.

.

 

Bekobod shaxar Adliya boʻlimi yuridik

xizmat koʻrsatish markazi boshligʻi                                          N.Tursunov.