Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Huquqshunosga savol: Fuqaro Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida odam savdosi jinoyati natijasida jabr koʻrsa, unga yordam berish imkoni mavjudmi?


Huquqshunosga savol: Fuqaro Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida odam savdosi jinoyati natijasida jabr koʻrsa, unga yordam berish imkoni mavjudmi?

Javob: Konsullikning mansabdor shaxsi oʻz vakolatlari doirasida:

Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida turgan, odam savdosidan jabrlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga yordam koʻrsatish va ularni himoya qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshiradi;

odam savdosidan jabrlanganlarning Oʻzbekiston Respublikasiga qaytishiga koʻmaklashadi, ularda shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda esa, ularning shaxsini va Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligini aniqlash boʻyicha oʻz vaqtida choralar koʻradi hamda konsullik yigʻimlarini va boshqa yigʻimlarni undirmasdan ularga Oʻzbekiston Respublikasiga qaytishi uchun hujjatlarni rasmiylashtiradi;

zarur hollarda, konsullik muassasasi joylashgan davlatning tegishli vakolatli organlariga Oʻzbekiston Respublikasining odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchiligi haqida maʼlumotlar taqdim etadi;

odam savdosidan jabrlanganlarga ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari haqida axborot taqdim etadi.

Bekobod shaxar Adliya boʻlimi yuridik

xizmat koʻrsatish markazi boshligʻi                                          N.Tursunov